<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Iso yaxshidir</title>
<lyrics>[V1]
 Bu bir kam dunyoni
 Bilgan yaxshidir.
 Dunyoda kasbu kor
 Qilgan yaxshidir.
 Odam gʻanimatdir
 Umr oʻtkinchi
 Xudoni sevganlar
 Inson naqshidir.
 Insonlar ichida
 Iso yaxshidir!

[V2]
 Tirikchilik deymiz
 Tinchlik bilmaymiz.
 Eng zarur narsani
 Bilib qilmaymiz
 Nega bilmadimu
 Bilganim shudir:
 &quot;Xudoni sevganlar
 Inson naqshidir&quot;
 Insonlar ichida
 Iso yaxshidir!

[V3]
 Umr qizgʻaldoqqa
 Oʻxshaydi juda,
 Teginsang toʻkilar
 Huda-bexuda.
 Bevaqt toʻkilmaslik
 Maqsad ham shuda:
 Xudoni sevganlar
 Inson naqshidir.
 Insonlar ichida
 Iso yaxshidir!

[V4]
 Xudoni istasang
 Rabbimga boqqin.
 Odamlarni sevib
 Rabbimga yoqqin.
 Yonib tur, yoqguvchi
 Boʻlgin bir chaqin.
 Xudoni sevganlar
 Inson naqshidir.
 Insonlar ichida
 Iso yaxshidir!

[V5]
 Inʼomin qabul qil
 Xudoni sevsang,
 Ozodsan, gʻolibsan
 Isoni sevsang.
 Qiyomatda boʻlmas
 Aslo holing tang
 Xudoni sevganlar
 Inson naqshidir
 Insonlar ichida
 Iso yaxshidir!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
</song>